DARS ISHLANMASI
Shahrisabz tumani Xalq Ta’limi bo’limiga qarashli 31-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili fani o’qituvchisi
Sh. Arziqulovaning 7-sinfda adabiyot fanidan
“Rasul Hamzatov ijodini o’rganish”
mavzusida tayyorlagan 1 soatlik ochiq
Shahrisabz
Mavzu: Rasul Hamzatovning ijodini o’rganish.
Dars maqsadi
- Ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga Rasul H
- amzatov hayoti va ijodi haqida ma’l;umot berish, shoirning oddiy so’zlardan umrboqiy hikmatlar yaratganini, kundalik voqea-hodisalardan ibratli falsafiy xulosalar chiqarganini misollar orqali tushuntirish;
2) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mamlakat tinchligi, yurt farovonligi va Vatan ravnaqiga hissa qo’shishga o’rgatish;
3)Rivojlantiruvch maqsad: o’quvchilarni o’zi ko’rgan voqea-hodisalarga e’tiborli bo’lib ulardan tegishli xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Dars usuli: “hikoya”, “suhbat”, “bahs-munozara”, “aqliy hujum”, “test”.
Dars jihozi: 7-sinf adabiyot darsligi, R,Hamzatovning “Mening Dog’istonim” va “Onalarni asrang” kitoblari, jahon xaritasi,shoir asarlaridagi ibratli fikrlar va test savollari yozilgan kartochkalar
Darsning borishi:
Dastlab o’qituvchi shoir Rasul Hamzatov qalmiga mansub quyidagi hikmatli so’zni o’qib beradi.” Har bir bolaligidan o’z xalqining vakili bo’lish uchun dunyoga kelganini bilishi va shu sharfli vazifani zimmasiga olishga o’zini tayyorlashi kerak”
Ushbu hikmat yuzasidan o’quvchilar fikrlarini bildirishadi. So’ngra o’qituvchi bu hikmat “Mening Dog’istonim” asaridan olinganini, shoirning o’zi bu hikmatga amal qilib, bolaligidan o’qib-o’rganganini hamda kam sonly avar xalqini butun dunyoga tanitganini aytadi.
Shoirning hikmatlari yozilgan quyidagi kartochkalar o’quvchilarga tarqatiladi:
Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo’lgan.
|
Til xalqqa bir umrga beriladi, uni o’zgartirib ham, yo’qotib ham bo’lmaydi.
|
Nomdan ulug’, hayotdan aziz narsa yo’’q. Ularni qadrla!
|
Mardning boshiga qanday sinov tushmasin, u shikoyat qilishga, yo ko’z yosh to’kishga haqqi yo’q. |
O’qituvchi har bir hikmat bo’yicha o’quvchilar fikrini to’playdi, kerakli o’rinlarda javoblarni to’ldiradi va orzularga erishishning oson emasligini, el-yurt xizmatida hamisha shay bo’lish lozimligini uqtiradi.
“Ona tilimizdagi so’zlarni elas,
Eshitgan dam kirdi jasadimga jon.
Va bildimki, menga tabiblar emas,
Faqat ona tilim bag’ishlar darmon.” Rasul Hamzatov.
Til borki, millat,xalq bor. “Mening Dog’istonim” kityobining “Til” bo’limida ibratli hikoyatlar bilan qatorda shoirning “Ona tilim” she’ri berilgan. Amaldagi dasturga ko’ra ushbu she’r 7-sinfda o’rganiladi.Shu maqsadda o’quvchilar bilan she’r haqida suhbat, bahs-munozara o’tkaziladi. So’ngra o’quvchilar e’tiboriga quyidagi testlarga qratiladi.
1.Rasul Hamzatov qayerda tug’ilgan?
- a) Ozarbayjonda; b) Chechinistonda;
- c) Dog’istonda; d) Kabarda-Bolqoniyada
O’quvchilarga xaritadan Dog’istonni ko’rsatish topshiriladi.
Javob: Rasul Hamzatov 1923-yil 8-sentabrda Dog’istonning Xunzax tumanidagi Sada qishlog’ida tug’ilgan. U 2003-yil 3-noyabrda Moskvada Vafot etgan va Mahachqal’adagi qabristonda dafn etilgan.
2.Ilk bor qaysi adib “Mening Dog’istonim” asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan?
- a) Hamid Olimjon; b) G’afur G’ulom;
- c) Maqsud Shayxzoda; d) Erkin Vohidov
Mantiqiy fikrlashga undovchi bu savolga javob qaytarishga o’quvchilar asarning birinchi kitobi 1967-yilda, ikkinchi kitobi 1971-yilda yozib tugatganini, bu vaqtgacha Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Maqsud Shayxzoda vafot etganini aytishib, to’g’ri javob Erkin Vohidov bo’lishini ta’kidlashlari lozim.
Javob: “Mening Dog’istonim” asarining birinchi kitobi boshlang’ich qismini Erkin Vohidov tarjima qilgan va u “Guliston” jurnalining 1968-yil 1-sonidan berila boshlangan.
Yangi mavzu bayoni:
Rasul Hamzatovning “Onalarni asrang” dostonidan olingan quyidagi to’rtlik yozilgan kartochka o’quvchiga ko’rsatiladi va ifodali o’qiladi..
Sira onalarga yomon so’z aytmang,
Bo’lib ketsangiz ham juda toshbag’ir.
Chunki onalarga o’zgalardan ham,
Farzandining so’zi botadi og’ir. Rasul Hamzatov.
Ushbu to’rtlik yuzasidan o’quvchilarning fikri tinglanadi. So’ngra o’qituvchi barcha onalarga madhiya sifatida bitilgan “Onalarni asrang” dostoni to’rt qismdan (“Onalarning qora ro’moli”, “Onajonlar aytgan allalar”, “Onalarni eslab yangrar qo’ng’iroq”, “Onalar haqida qo’shiqlar”) iborat ekanligini, doston shoirning otasi Hamzat Sadasa (1877-1951) vasiyatini eslashdan boshlanishi va mushtipar onasi Xandulay momo (1888-1965)ning umr yo’lini tasvirlash orqali jamiki onalarning ibratli hayoti kuylanganini aytadi.
Dostondan parchalar yozilgan kartochkalar navatma-navbat ko’rsatiladi.
O’qituvchi har bir to’rtlik bo’yicha o’quvchilar fikrini tinglaydi, kerakli o’rinlarda to’ldiradi va inson uchun dunyodagi eng aziz zot Onani asrab-avaylash zarurligini ta’kidlaydi.
Odamlar!Qabingiz qoplamasin zang,
Qadrlang g’animat har bir pallani.
Munis onalarni asrang-avaylang,
Eslab turing, ular aytgan allani.
Seni ham yo’llarga chorlaydi orzu,
Qayga borma, senga omad kulsa bas.
Unutma, onaga nodir sovg’a shu:
O’g’li sog’-salomat, baxtli bo’lsa bas!
Tergab turmasangiz, shubhasiz bugun,
Umr bog’imni bosgan bo’lardi pechak.
O’zimdagi barcha fazilat uchun
Avval sizga rahmat aytishim kerak.
Hamma narsa bo’lsa ona qo’lida,
Dunyoda bo’lmasdi sira yomonlik.
Hozir kezar edik yulduz yo’lida,
Tantana qilardi tinchlik, omonlik.
So’ngra darsni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga quyidagi testlar havola qilinadi.
- Onasi vafot etganda Rasul Hamzatov qayerda bo’lgan?
A)Mahachqall’ada; B) Moskvada; C) Xirosimada; D)Sadasada;
Javob bergan o’quvchi xaritadan Xirosima shahrini ko’rsatadi.
Javob: Rasul Hamzatov onasi vafot etgan kunda Yaponiyaning Xirosima shahrida ikkinchi jahon urushi qurbonlariga o’rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimiga qatnashayotgan edi. Shu bois u onasining dafn marosimiga yetib kelolmaydi.
2.Quyidagi dostonlardan qaysi biri Rasul Hamzatov qalamiga mansub?
A)”Chegemda Layloga so’ylaganlarim”
- B) “Shomilning muhabbati”
- C) “Shahidlar yodi”
- D) “Shohmotchi”
Javob: “Shomilning muhabbati”
Mantiqiy fikrlashga undovchi bu savolning javobini izohlashda o’qituvchi Rasul Hamzatovning “Tug’ilgan yilim”, “Otam bilan suhbat”, “Dog’iston yulduzi”, “Ayollar oroli”, “Xirosima qo’ng’irog’i” kabi yigirmadan ziyod doston yozganligini ham aytishi lozim.
O’qituvchi “Chegemda Layloga so’ylaganlarim”ni bolqor shoiri Qaysin Quliyev, “Shaidlar yodi”ni rus shoiri Robert Rojdestvenskiy, “Shohmotchi”ni qalmoq shoiri David Qug’ultinov yozganini va ular Rasul Hamzatovning qadrdaon do’stlari bo’lganini ta’kidlashi kerak.
O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish:
O’qituvchi darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholaydi va ularning javoblaridagi o’ziga xos fikrlashiga e’tiborini qaratadi. Agar o’qituvchi o’quvchiga o’zi yaxshi javob qaytargan kartochlkani esdalik uchun taqdim etsa, uning shu mavzuga qiziqishini yana-da oshiradi.
Uyga vazifa:
O’quvchilarga darsda o’tilgan hikmat va she’riy to’rtlliklarni yodlash, 7-sinf adabiyot darsligidagi Rasul Hamzatovga oid materialni o’qib kelish topshiriladi.
Test vazifa:
1-savol: “Mening Dog’istonim” va “Onalarni asrang” asarlari nima uchun jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o’rin olgan?
a)yuksak badiiy saviyada yozilgani uchun;
b)rivoyat, ertak, va afsonalardan unumli foydalanilgani uchun;
- c) milliy va umuminsoniy mavzular tarannum etilgani uchun;
- d) vatan, til, millat, haqiqat va onalar ulug’langani uchun;
Javob: Hamma javoblar to’g’ri va ularni bir qancha sifatlar bilan to’ldirish mumkin.
2-savol: Quyidagi kitoblarning muallifi kim?
- “Yuksan yulduzlar”
- “Bir xonadon farzandlari”
- “Ishq oldida hamma teng”
- “Mening Dog’istonim”
Javob: Ushbu asarlarning muallifi taniqli avar shoiri Rasul Hamzatov.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. Ona tili darslik. Toshkent. “Tasvir”
nashriyot uyi 2016-yil.
- “Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali 2016-yil 2-son
- “Mari’fat” gazetasi 2017yil
Filed under: Bo'limsiz от turopovmomin
No Comments »
Recent Comments